Increase size
Reset to Default
Decrease size
10.05.2019 y.

2019 yil 8 may kuni “O‘zbekiston pochtasi” AJ da umumxalq bayrami 9 may – “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan “Ajdodlarni xotiralash va qadrlash – maqaddas burch” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda ta‘kidlanganidek, istiqlol yillarida buyuk ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, keksa avlod vakillariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ezgu an’anaga aylandi.

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 23-apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda urush va mehnat fronti faxriylarining jasorat va matonati qadrlanishining, ularga ko‘rsatilayotgan doimiy etiborning yana bir tasdig‘idir.

Yurtimizda qaror topgan farovon va tinch-osoyishta hayotni asrab-avaylash, jamiyatimizdagi mеhr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash borasida har bir fuqaroni mas’uliyatini oshirish lozimligi ta’kidlandi.

Buning uchun, avvalo, kеlajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarni ajdodlarga munosib voris bo‘lish, ota-bobolarimiz an’analariga sodiq qolish tuyg‘usini shakllantirish, yoshlarni milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, xalqimizning bеbaho mеrosiga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etishi aytib o‘tildi.