Версия для печати
04.02.2019 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019 yil 1 fevraldan “O‘zbek kinematografiyasi tarixi” turkumi muomalaga kiritildi.

O'zbek badiiy kinosi tarixi 1925 yilda "Sharq yulduzi" kinostudiyasi yaratilganidan boshlanadi. O'zbek kinosi kelib chiqishining boshida kinematograflardan: N. G'aniyev, S. Xo'jaev, Y. A'zamov, M.Kayumov, M. Doronin, O.Frexich, V.Dobranskiy, D.Dori, Sh.Abbasov hamda aktyorlardan Ergash Hamroev, Raxim Pirmuhamedov, Lutfi Sarimsoqova turganlar.

Turkum 2 ta pochta markasi va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida “O‘zbekkino” Milliy agentligining Oltin fondiga kiritilgan: “Tohir va Zuhra” (1945 yil – rej. Nabi Ganiyev), “Sen yetim emassan” (1963 yil – rej. Shuxrat Abbasov) va “Xo’ja Nasriddinning sarguzashtlari” (1947 yil – rej. Nabi Ganiyev) badiiy filmlaridan lavhalar tasvirlangan. Pochta blokida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘zbek milliy kinosi tarixidan” yozuvi joylashgan.

Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 52x37 mm. Pochta blokining o‘lchami 90x80 mm. Blokdagi pochta markaning o‘lchami 52x37 mm. Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan. Pochta blokining adadi 5 ming nusxa. Dizayner – Kaneves Ye.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

 
№1344   №1345

№1346

 

1344. «Tohir va Zuhra (1945 yil)» Nominali – 3200 so‘m

1345. «Sen yetim emassan (1963 yil)» Nominali – 3500 so‘m

1346. «Xo‘ja Nasriddinning sarguzashtlari (1947 yil)» Nominali – 6200 so‘m