Версия для печати
23.11.2018 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2018 yil 23 noyabrdan “O‘zbekiston faunasi” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 4 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan hayvonlar tasvirlangan.

Pochta blokida 1 ta pochta markasi joylashgan. Pochta blokining pastki qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘ZBEKISTON FAUNASI” yozuvi joylashgan. Hayvonlarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 52x37 mm. Pochta blokining o‘lchami 90x80 mm. Pochta blokidagi pochta markalarning o‘lchami 37x52 mm.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan. 

                 
№1331   №1332   №1333   №1334

 

1331. «Coccinella septempunctata» Nominali – 900 so‘m
1332. «Phrynocephalus interscapularis» Nominali – 1100 so‘m
1333. «Carpodacus erythrinus» Nominali – 2700 so‘m
1334. «Rhombomys opimus» Nominali – 2800 so‘m

Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan.

 

№1335

1335. «Sciurus vulgaris» Nominali – 3400 so‘m

Pochta blokining adadi 5 ming nusxa.

 

Rassom – Kim A.

Dizayner – Yusupaliyev U.