Increase size
Reset to Default
Decrease size
27.08.2018 y.

Turkum Toshkent shahri va viloyatlar markazlaridagi stansiyalariga (vokzallar) bag‘ishlangan. Ushbu turkum kichik varaq ko‘rinishida chop etilgan. Kichik varaq 9 ta pochta markasidan va klyasserdan iborat. Pochta markalarida Toshkent shahri va viloyatlar markazlarining vokzallari binosi tasvirlangan.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2018 yil 17 avgustdan “O‘zbekiston Temir yo‘l vokzallari” nomli pochta markalari turkumi muomalaga chiqarildi.

Kichik varaqning hoshiysida “Afrosiyob” tezyurar elektropoezdi tasvirlangan. Yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida «O‘zbekiston Temir yo‘l vokzallari» yozuvi joylashgan. Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan.

Pochta markalarining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Kichik varaqning o‘lchami 195x170mm. Pochta markalarining o‘lchami 52x37 mm. Adadi 5 ming nusxa. Dizayner - Kaneves Ye.

 

 

 

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan:

1321. “Toshkent vokzali” Nominali – 6500 so‘m

1322. “Toshkent Janubiy vokzali” Nominali – 3700 so‘m

1323. “Qarshi vokzali” Nominali – 1100 so‘m

1324. “Andijon vokzali” Nominali – 1100 so‘m

1325. “Buxoro vokzali” Nominali – 1800 so‘m

1326. “Urganch vokzali” Nominali – 1800 so‘m

1327. “Nukus vokzali” Nominali – 3700 so‘m

1328. “Samarqand vokzali” Nominali – 900 so‘m

1329. “Jizzax vokzali” Nominali – 900 so‘m