Standart pochta markasida O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi qushlar tasvirlangan.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2018 yil 17 avgustdan nominali 1800 so‘mlik bo‘lgan standart pochta markasi muomalaga kiritildi.
Pochta markasi bir rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markasining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Markaning o‘lchami 26x18,5mm. Kaneves Ye. – rasmi. Rangi – qizil.
Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.
1320. «Cygnus olor» (Oq qush-vishildoq) Nominali – 1800 so‘m. Adadi 1 500 000 nusxa.