Increase size
Reset to Default
Decrease size
08.08.2018 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2018 yil 6 avgustdan “Zomin tog-archa davlat qo‘riqxonasi” turkumi muomalaga chiqarildi.

Turkum kichik varaq ko‘rinishida bo‘lib, 8 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida Zomin tog‘-archa davlat qo‘riqxonasida yashovchi hayvonlar va o‘simliklar tasvirlangan.

Kichik varaqda o‘zbek tilida lotin grafikasida “Zomin tog-archa davlat qo‘riqxonasi” yozuvi joylashgan. Hayvonlarning va o‘simliklarning nomlari lotin tilida berilgan. Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 40x40 mm. Kichik varaqning o‘lchami 200x120 mm. Adadi 8 ming nusxa. Rassom – Kim A., dizayner – Kanives Ye.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

 

 1310. «Corvus corax» Nominali – 900 so‘m

1311. «Sus scrofa» Nominali – 1000 so‘m

1312. «Juniperus» Nominali – 1800 so‘m

1313. «Vulpes vulpes» Nominali – 2700 so‘m

1314. «Eremurus» Nominali – 2800 so‘m

1315. «Alectoris chukar» Nominali – 3200 so‘m

1316. «Ziziphora» Nominali – 3400 so‘m

1317. «Noctuidae» Nominali – 3700 so‘m