Increase size
Reset to Default
Decrease size
08.08.2018 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2018 yil 6 avgustdan “O‘zbekiston markalarida sport” turkumining maxsus pochta markalari muomalaga kiritildi.

Pochta markalari Jakarta shahrida o‘tkaziladigan XVIII Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlangan. Pochta markalarida kurash va futbol sport turlaridan fragmentlar tasvirlangan. Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchamlari 42x30 mm. Adadi 8 ming nusxa. Dizayner - Yusupaliyev U.  

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan. 


 
           
№ 1318   № 1319

 

1318. Kurash Nominali - 2700 so‘m 

1319. Futbol Nominali - 2800 so‘m