So‘rov “O‘ZBEKISTON POCHTASI” AJ web-saytida (“So‘rovnoma” bo‘limida), Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida, Jamiyatning call-markazining xodimlari tomonidan hamda barcha pochta bo‘limlarida xodimi tomonidan mijozlar ixtiyoriga ko’ra so‘rov blankasi taqdim etilgan holda o‘tkaziladi.
So‘rovning asosiy maqsadlari:
- “O‘ZBEKISTON POCHTASI” tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida Jamiyat xodimlarining (xabarchidan to yuqori lavozimdagi rahbar xodimlari) va mamlakatimiz fuqarolarining xohish va istaklarini aniqlash va ularning fikrini o‘rganish istagi;
- Jamiyat tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni takomillashtirish hamda yangi xizmat turlarini joriy etish bo‘yicha takliflar bilan tanishib chiqish;
- so‘rov natijalarini tahlil qilish asosida Jamiyat faoliyati bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va zarur islohotlarni amalga oshirish.
So‘rov bir oy davomida o‘tkaziladi. Biz Sizni ushbu so‘rovda ishtirok etib o‘z fikringizni va eng muhimi o‘z takliflaringizni berishingizni so‘raymiz.