“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2018 yil 16 yanvardan “O‘zbek oshxonasi” turkumi muomalaga kiritildi.
Turkum 2 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida O‘zbek milliy taomlardan: palov va somsa tasvirlangan.
Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37x37 m. Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.
![]() |
![]() |
|
№1216 | №1217 |
1216. «Palov». Nominali – 1800 so‘m
1217. «Somsa». Nominali – 1900 so‘m
Dizayner – Kanevets Ye.