Increase size
Reset to Default
Decrease size
20.10.2017 y.

Ko‘p sonli so'rovlarga ko‘ra, BestSoft Challenge 2017 ishtirokchilarining ro‘yxatga olish muddati 2017 yil 31 oktyabrgacha (muddati 23:00) uzaytirildi va quyidagi muddatlar belgilanadi:

2-bosqich: 3-15 noyabr – dastlabki saralash bosqichi (final g‘oliblarini aniqlash);

3-bosqich: 20-30 noyabr – yakuniy saralash bosqichi (g‘oliblarni aniqlash).

Ishtirokchilar va ularning loyihalarini ro‘yxatga olish Software.uz (bestsoft.software.uz) sayti orqali amalga oshiriladi.

Ishlanma va loyihalarni baholashda ularning dolzarbligi, g‘oyaning originalligi, texnologik ishlanmaning afzalliklari, interfeys va foydalanish qulayligi, dasturiy ta’minotdan erkin foydalanish, uning ochiq kodli tizimda yaratilganligiga e’tibor qaratiladi.

Ro‘yhatdan o‘tgan ishtirokchilardan loyiha fayllarini yuklanishi va yuklangan arxivlarining ishlash holatini tekshirishlari hamda xatolik aniqlangan holatda ularni yangilashlari so’raladi.

Buning uchun avtorizatsiyadan o'tishingiz va tanlov saytida (bestsoft.software.uz) shaxsiy kabinetingizga o‘tishingiz kerak. Fayllaringiz to‘liq yuklanganligi va uning aktualligi hamda hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqish imkoniyati mavjudligiga ishonch hosil qiling.

Har qanday texnik yoki tashkiliy masalalar bo‘yicha +998 (71) 238-4241/42 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.