Increase size
Reset to Default
Decrease size
06.10.2017 y.

1874 yil 9 oktabr kuni Shvеytsariya poytaxti Bеrn shahrida Butunjahon pochta ittifoqi (BPI) tashkil topgan va har yili ushbu sanada Butunjahon pochta kuni nishonlanadi. 9 oktabrni Butunjahon pochta kuni dеb e'lon qilish haqida 1969 yili Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon pochta ittifoqining navbatdagi Kongrеssida rasman qaror qabul qilingan.

Butunjahon pochta kunining asosiy maqsadlaridan biri pochta sohasini davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasini tadbiq etishdir. BPIga a'zo-davlatlar tomonidan milliy pochta xizmati faoliyatiga oid tadbirlar dasturlari qabul qilinib ommaviy axborot vositalari orqali yoritib o‘z aholisini tanishtirishga harakat qiladilar.

Ayrim davlatlarda bu kun dam olish kuni dеb e'lon qilinadi. Ko‘plab pochta ma'muriyatlari fursatdan foydalanib yangi pochta maxsulotlari va xizmatlarini joriy etadilar va shu kuni faol pochta xodimlarini mukofotlash marosimlarini o‘tkazadilar.

1994 yili O‘zbekiston Respublikasi Butunjahon pochta ittifoqiga to‘lahuquqli a’zo davlat sifatida qabul qilinib bugungi kunda dunyoning deyarli barcha davlatlari bilan xalqaro pochta almashinuvlarini amalga oshirib keladi.

 

9 oktabr – Butunjahon pochta kuni bilan 

barcha pochta xodimlarini 

muborakbod etamiz!