O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini hamda “O‘zbekiston Respublikasi Вirinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish” chora-tadbirlari rejasini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning merosiga bag‘ishlangan maxsus pochta markalari (9ta markadan iborat) kichik varaq ko‘rinishida tayyorlandi.
Pochta markalarida Islom Karimovning bevosita rahbarligi ostida mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlari va voqyeyalari mujassamlashgan.
Pochta markalari turkumining chiqarilishi “Oq saroy” oldidagi Islom Abdug‘aniyevich Karimovga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasining va haykalining ochilishi vaqtiga to‘g‘ri keltirilgan.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlangan pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi. Kichik varaq uchun 4 xil rangdagi sovg‘abop buklet tayyorlangan (klyasser).
Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan.Pochta markalarining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Kichik varaqning o‘lchami 165x145mm. Pochta markalarining o‘lchami 42x30 mm. Adadi 7 ming nusxa. Foto – Kurbanbayev F., Dizayner - Kaneves Ye. Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.
1199. I. Karimov | Nominali – 1000 so‘m | |
1200. I. Karimov | Nominali – 1300 so‘m | |
1201. I. Karimov | Nominali – 1600 so‘m | |
1202. I. Karimov | Nominali – 1700 so‘m | |
1203. I. Karimov | Nominali – 1800 so‘m | |
1204. I. Karimov | Nominali – 1900 so‘m | |
1205. I. Karimov | Nominali – 2200 so‘m | |
1206. I. Karimov | Nominali – 2400 so‘m | |
1207. I. Karimov | Nominali – 3200 so‘m |