Ushbu sektorda mahalliy va xorijiy korxona, firma va kompaniyalarning ilg‘or tеxnologiyalari qatorida “O‘ZBEKISTON POCHTASI” AJning «“EMS-UZBEKISTAN” tezkor pochta jo‘natmalarini qidirish tizimi” ishlanmasi namoyish etilmoqda.
Mamkakatimizda o‘tkazilayotgan Innovatsion g‘oyalar, texnologiya va loyihalar yarmarkasi yangi ishlanmalar va g‘oyalarning ishlab chiqarishga joriy etilishi, xizmat va mahsulotlar sifatining oshishi, iqtisodiyot tarmoqlari rivoji hamda mamlakatning eksport salohiyati oshishiga xizmat qiladi.