Increase size
Reset to Default
Decrease size
05.05.2017 y.

2017 yil 4 may kuni “O‘zbekiston pochtasi” AJ va Respublika Ma‘naviyat targ‘iboti markazi hamkorligida umumxalq bayrami 9 may – “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan “Xotira va qadr mohiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Respublika Ma‘naviyat targ‘iboti markazi eksperti, O‘zbеkiston “Milliy tiklanish” Dеmokratik partiyasi Toshkеnt shahar Yakkasaroy tuman Kеngashi raisi Bahodir Yusupov qatnashdi va ma'ruza qildi.

Ta‘kidlanganidek, istiqlol yillarida buyuk ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, keksa avlod vakillariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ezgu an’anaga aylandi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 4-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoyishi mamlakatimizda urush va mehnat fronti faxriylarining jasorat va matonati qadrlanishining, ularga ko‘rsatilayotgan doimiy etiborning yana bir tasdig‘idir.

Ushbu farmoyishning bajarishdеk ezgu ishda foal ishtirok etish biz pochtachilar uchun katta baxt. Jamiyatimiz xodimlari joylardagi hokimlik vakillari, “Nuroniy” va “Mahalla” jamg‘armalari vakillari bilan birgalikda bir marotabalik pul mukofotlarini Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga еtkazib bеrilishini va tantanali ravishda topshirilishini taminladilar.

Kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarni ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish, Vatanimiz boy tarixidan g‘ururlanish, ularni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda turli mafkuraviy tahdidlardan asrashga alohida urg‘u berildi.