Increase size
Reset to Default
Decrease size
03.03.2017 y.

“Hududlar. Sirdaryo viloyati” pochta markalari turkumi zanjir ko‘rinishida chop etilgan. Turkum 2 ta pochta markasi va oraliqda joylashgan kupondan iborat.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2017 yil 28 fevralidan “Hududlar. Sirdaryo viloyati” nomli pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi.

Pochta markalarida Sirdaryo daryosi va Suv saqlash inshooti (Sardoba) tasvirlangan. Kuponda viloyatning geografik xaritasi hamda tashkil topgan yili, maydoni, aholi soni va viloyat markazi ko‘rsatilgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchami 42x30 mm. Adadi 8 ming nusxa.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

№1178                    №1179

 

1178. Sirdaryo daryosi Nominali - 1300 so‘m.

1179. Suv saqlash inshooti (Sardoba tumani) Nominali - 1500 so‘m.

Dizayner - Yusupaliyev U.