Increase size
Reset to Default
Decrease size
05.01.2017 y.

Turkum pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan. Pochta bloki 4 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida Toshkent shahrining milliy kiyimlari tasvirlangan. Muzeylar eksponatlari orasida alohida o‘rinlardan birini respublikamizning barcha milliy liboslari namunalari egallaydi.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 30 dekabrda “O‘zbek milliy kiyimlari” turkumi muomalaga chiqarildi.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markalarining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta blokining o‘lchami 100x120mm. Pochta markalarining o‘lchami 37x52 mm. Adadi 8 ming nusxa. Dizayner - Kanеves E. 

1170                          1171

1172                                1173

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

1170. Kuyov libosi (Toshkent. XIX asr boshi) Nominali – 1900 so‘m
1171. Kelin libosi (Toshkent. XX asr boshi) Nominali – 2100 so‘m
1172. To‘y bola libosi (Toshkent. XIX asr boshi) Nominali – 2500 so‘m
1173. Yosh ayol libosi (Toshkent. XX asrning 30-40-yillari) Nominali – 2500 so‘m