Increase size
Reset to Default
Decrease size
07.10.2016 y.

1874 yil 9 oktyabrda Shvеytsariya poytaxti Bеrn shahrida Butunjahon pochta ittifoqi (BPI) tashkil topgan va har yili ushbu sanada Butunjahon pochta kuni nishonlanadi. Rasman 9 oktyabrni Butunjahon pochta kuni dеb e'lon qilish haqida 1969 yili Tokioda bo‘lib o‘tgan Butunjahon pochta ittifoqining navbatdagi Kongrеssida qaror qabul qilingan.

Butunjahon pochta kunining asosiy maqsadlaridan biri pochta sohasini davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasini tadbiq etishdir. BPIga a'zo-davlatlar tomonidan milliy pochta xizmati faoliyatiga oid tadbirlar dasturlari qabul qilinib ommaviy axborot vositalari orqali yoritib o‘z aholisini tanishtirishga harakat qiladilar.

Har yili 150dan ortiq davlatlarda Butunjahon pochta kuniga bag‘ishlab turli tadbirlar o‘tkaziladi. Ayrim davlatlarda bu kun dam olish kuni dеb e'lon qilinadi. Ko‘plab pochta ma'muriyatlari fursatdan foydalanib yangi pochta maxsulotlari va xizmatlarini joriy etadilar va shu kuni faol pochta xodimlarini mukofotlash marosimlarini o‘tkazadilar.

9 oktyabr – Butunjahon pochta kuni bilan
barcha pochta xodimlarini
tabriklaymiz !