Standart pochta markasida Qoraqalpoq buyuk shoir-mutafakkiri Berdaq haykali tasvirlangan.
№ 1161
Pochta markasi bir rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markasining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Markaning o‘lchami 18,5x26mm. Yusupaliyev U. – rasmi. Rangi – yashil.
Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.
1161. “Berdaq” haykali Nominali – 700 so‘m. Adadi 1 000 000 nusxa.