Increase size
Reset to Default
Decrease size
06.05.2016 y.

2016 yil 4 may kuni “O‘zbekiston pochtasi” AJ va Respublika Ma‘naviyat targ‘iboti markazi hamkorligida umumxalq bayrami 9 may – “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan “Xotira va qadr mohiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Respublika Ma‘naviyat targ‘iboti markazi targ‘botchisi yuridik fanlari doktori, professor F.Muhitdinova qatnashdi va ma‘ruza qildi.

Ta‘kidlanganidek, istiqlol yillarida buyuk ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, keksa avlod vakillariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ezgu an’anaga aylandi.

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 18-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoyishi mamlakatimizda urush va mehnat fronti faxriylarining jasorat va matonati qadrlanishining, ularga ko‘rsatilayotgan doimiy etiborning yana bir tasdig‘idir.

Kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarni ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish, Vatanimiz boy tarixidan g‘ururlanish, ularni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda turli mafkuraviy tahdidlardan asrashga alohida urg‘u berildi.