Increase size
Reset to Default
Decrease size
02.05.2016 y.

2016 yil 12 aprel kuni kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi “Parlament nazorati” qonunining mazmun-mohiyatini o‘rganish maqsadida joriy yil 25 aprel kuni Jamiyat bo‘lim boshliqlari va mutasaddi xodimlari uchun huquqiy seminar o‘tkazildi.

Seminarda ushbu qonunning maqsadi, parlament nazorati subyektlarining vazifalari hamda nazorat shakllari atroflicha yoritib berildi.

“Parlament nazorati” qonunining qabul qilinishi jamiyatimiz hayotida muhim tarixiy va siyosiy ahamiyatga molikligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov rahnamoligida olib borilayotgan demokratik islohatlar yo‘lida yangi katta yutuqqa erishilgani alohida ta’kidlandi.

Seminar qatnashchilariga ushbu qonunda Jamiyat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Pochta aloqasi to‘risidagi” qonuni, boshqa qonuniy aktlarni og’ishmay amalgam oshirishni talab qilinishi tushuntirildi. Jamiyat faoliyatiga oid parlament so‘rovlariga qonunda belgilab berilgan muddat ichida ishonchli va xolisona ma’lumotlar asnosida tayyorlangan javoblar taqdim etilishiga urg’u berildi.