Increase size
Reset to Default
Decrease size

YANGILIKLAR (486)

Til – millat tafakkurini bebaho xazinasi, ulkan boylik sifatida ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etadi. Tilda har bir xalqning asrlar davomida bosib o`tgan yo`li, tarixi, milliy qadriyatlari urf-odatlari, madaniyati va san`ati, ma`naviyati o`zining yaqqol ifodasini topgan bo`ladi. Shu bois jahonda o`z ona tilini ulug`lamagan, uning sha`ni, obro`si uchun kurashmagan xalqni tanish qiyin. Til shunchaki, davlatning timsoli yohud mulki emas, til – millatning ruhidir.


Oʼzbekiston Respubliksi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 oktyabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʼllanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 637-son qarori qabul qilingan boʼlib, mazkur qaror bilan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʼllanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi toʼgʼrisidagi nizom tasdiqlandi.


“Hududlar” turkumiga bag‘ishlangan “Farg‘ona viloyati” nomli pochta markalari zanjir ko‘rinishida chop etilgan. Zanjir 2 ta pochta markasi va oraliqda joylashgan kupondan iborat.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2020 yil 07 oktabrdan “Hududlar” turkumiga bag‘ishlangan “Farg‘ona viloyati” nomli pochta markalari muomalaga kiritildi. Pochta markalarida Farg‘ona shahrida joylashgan Olimpiya zaxiralari sport kolleji binosi hamda Marg‘ilonda mashhur bo‘lgan atlas va adras to‘qib chiqaradigan stanogi tasvirlangan. Kuponda Farg‘ona viloyatning geografik xaritasi hamda tashkil topgan yili, maydoni, aholi soni va viloyat markazi va tumanlari ko‘rsatilgan.


1874 yil 9 oktyabrda Shvеytsariya poytaxti Bеrn shahrida Butunjahon pochta ittifoqi (BPI) tashkil topgan va har yili ushbu sanada Butunjahon pochta kuni nishonlanadi. 1957 yilda Ottavada bo'lib o'tgan BPIning XIV kongressida 9 oktyabrga to'g'ri keladigan haftada o'tkaziladigan Butunjahon yozma xat-xabarlar haftaligini tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilindi.


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video rolik bo’yicha rasmiy munosabat

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo`layotgan anonim shaxs tomonidan keltirilgan video rolik to`g`risida quyidagilarni ma`lum qilamiz:

“O`zbekiston pochtasi” Aksiyadorlik jamiyati tomonidan mazkur video rolik bo`yicha tegishli o`rganish ishlari olib borildi.

Mazkur video rolikda fuqaro AQSh (Vashington shtati) dan ekanligini bildirib, ismini Jessika deb tanishtirgan ayol joriy yil sentyabr oyida O`zbekiston Respublikasidan qiymati 1000 AQSh dollaridan kam bo'lmagan miqdordagi chinni buyumlar solingan jo`natmalarni AQShga yuborganligini va 5 oktyabr kuni olganini hamda jo`natmaning bir qismi shikastlangani va (ijtimoiy tarmoqlarda o`g`irlangan deb talqin qilinayotgan) ikkinchi jo`natma yo`qolganini ma`lum qilgan.


"O'zbekiston pochtasi" AJ ichki pul o'tkazmalari tarifini ikki barobar arzonlashtirdi