YANGILIKLAR (569)
“O’zbekiston pochtasi” AJ “Toshkent pochtamti” filialida kitob ko’rgazmasi tashkil etildi.
24.03.2022 y.2022-yil 24-mart kuni mijozlar hamda xodimlar o’rtasida kitob mutolasini targ’ib qilish maqsadidda “O’zbekiston pochtasi” AJ “Toshkent pochtamti” filialining amaliyotlar zalida “G’ofur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” MChJ bilan hamkorlikda kitob ko’rgazmasi tashkil etildi.
O’zbekiston pochtasi 30 yoshda
21.03.2022 y.Joriy yilning 18-mart sanasida "O’zbekiston pochtasi" AJ o’zining 30 yillik yubileyini keng nishonladi.
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan pochta markasining chiqarishi to‘g'risida PRESS-RELIZ
07.03.2022 y.Yosh davlatimizning o‘ta og‘ir shakllanish yillarida aynan Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch hayoti va farovonligini ta’minlash, demokratik islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning ishonchli kafolati bo‘lib xizmat qilganini barchamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.
Bundan 85 yil avval, 26 aprelda – buyuk o‘zbek xonandasi, O‘zbekistonda estrada san’atining asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zakirov (1936-1985) – tug‘ilgan.
Dastlab konservatoriya, so‘ngra Toshkent davlat teatr san’ati institutida tahsil olgan B.Zakirov nafaqat qo‘shiqchilik, balki rejissyorlik mahoratini ham puxta egalladi. Shu bilan birga, u serqirra va mehnatkash shaxs sifatida she’riyat, tasviriy san’at va aktyorlik san’atida katta muvaffaqiyatlarga erishdi, rus yozuvchilarining qator asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qildi.
Xalq hunarmandchiligi va an’analari – mamlakatimizga o‘ziga xos noyoblikni beradi va turli mamlakatlardan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. O‘zbekiston - badiiy kulolchilik ixlosmandlari uchun jannat makoni hisoblanadi. Xalqimizning amaliy san’atidagi o'ziga xos xususiyatidan biri bu suvenirlar, ya’ni – loydan yasalgan odamchalardir.
Markaziy Osiyo madaniyati jahon madaniyati tarixida muhim o‘rin tutadi. Uning o‘rta asrlardagi madaniyatiga butun dunyo allaqachon munosib baho bergan. Hatto Baqtriya, Marg‘iyona, Sug‘d, Parfiya, Farg‘ona, Xorazm, Choch xalqlarining qadimgi madaniyati ham jahonni hayratga solgan.
Markaziy Osiyo mintaqasining qadimgi madaniyatini o‘rganish o‘n yilliklar ilgari boshlangan bo‘lsada, tadqiqotchilarning bu madaniyatining o‘ziga xosligi va boy mazmuni lol qoldirmoqda.