Increase size
Reset to Default
Decrease size

YANGILIKLAR (569)

Standart pochta markalarida Samarqand va Buxoro shahrining tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari tasvirlangan.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan nominallari 1200 va 5000 so‘mlik bo‘lgan standart pochta markalari 2023-yil 25-yanvardan muomalaga kiritildi.


O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022-yil 6-dekabrdan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 30 yil” nomli pochta markasi muomalaga kiritildi.


Ochiq muloqotda “O‘zbekiston pochtasi” АJning Pochta xavfsizligi bo‘yicha direktori F.Axmedov, jamiyat mas’ul xodimlari, Surxondaryo filiali rahbariyati va tuman pochta aloqasi bog’lamalarining rahbarlari, Shodlik va Majnuntol mahallalarida yashovchi fuqarolar hamda Termiz shahridagi muassasalar vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida so‘z olgan “O‘zbekiston pochtasi” АJning Pochta xavfsizligi bo‘yicha direktori F.Axmedov pochta aloqasi xizmatlarini zamon talablaridan kelib chiqib takomillashtirish bugunning eng ustuvor masalalardan biri ekanligiga alohida urg‘u berib o‘tgan.


O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 30 yilligini nishonlash doirasida, Xitoy Shimoli-G‘arbiy universiteti “O‘zbekiston pochtasi” АJ bilan hamkorlikda Buyuk ipak yo‘li arxeologik tadqiqotlariga bag‘ishlangan maxsus yubiley markalar turkumi chiqarildi.


HURMATLI AKSIYADOR!

 

“O‘zbekiston pochtasi” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi 2022 yil 2 noyabr kuni soat 11:00 da masofadan turib elektron ovoz berish tizimi www.evote.uz orqali o‘tkaziladi.


Bugungi kunda O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotining eng faol ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston nafaqat Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida turli sohalarni rivojlantirishga ko‘maklashmoqda, balki boshqa aʼzo davlatlar tomonidan ilgari suriladigan, umumiy manfaatlarga javob beradigan dolzarb takliflarni amalga oshirishda amaliy yordam berib kelmoqda.