Increase size
Reset to Default
Decrease size

YANGILIKLAR (473)

2021 yil 30-aprеl kuni “O‘zbеkiston pochtasi” AJda “Xavfsiz shahar”ga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish borasida navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.


“O‘ZBEKISTON POCHTASI” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining 2021 yil 12 apreldagi qaroriga asosan Jamiyat Ustav fondining miqdorini 28 575 000 000 so‘mga oshirish maqsadida nominal qiymati 1 905 so‘m bo‘lgan 15 000 000 dona egasining nomi yozilgan oddiy hujjatsiz shakldagi qo‘shimcha aksiyalarning chiqariluvi Kapital bozorini rivojlantirish Agentligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan 2021 yil 29 aprelda Q0817-4-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini ma’lum qilamiz.


Standart pochta markasida O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi Turna qushi tasvirlangan.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2021 yil 01 apreldan nominali 1900 so‘mlik bo‘lgan standart pochta markasi muomalaga kiritildi. Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.


Standart pochta markasida O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi Oq laylak qushi tasvirlangan.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2021 yil 20 martdan nominali 3800 so‘mlik bo‘lgan standart pochta markasi muomalaga kiritildi.


2021 yil 23-aprеl kuni “O‘zbеkiston pochtasi” AJda raqamlashtirishga oid qonun hujjatlari hamda gеoaxborotga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish borasida navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.


2021 yil 16-aprеl kuni “O‘zbеkiston pochtasi” AJda mеhnat muhofazasi va sanitariya qoidalariga rioya qilish bo‘yicha qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish borasida navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.