Increase size
Reset to Default
Decrease size
01.11.2023 y.

Standart pochta markalarida Samarqand va Buxoro shahrining tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari tasvirlangan.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan nominallari 1100, 2500 va 6700 so‘mlik bo‘lgan standart pochta markalari 2023-yil 30-oktabrdan muomalaga kiritildi.

   
1614   1615   1616

Pochta markalari bir rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markalarining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Markalarning o‘lchamlari 26x18,5mm. Rasmlar muallifi va dizayneri - Mulla-Axunov D. Pochta markalarning ranglari – yashil va qizil. Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

1614. Chor-Minor madrasasi (Buxoro). Nominali – 1100 so‘m. Adadi 1 000 000 nusxa.

1615. Shohizinda majmuasi (Samarqand). Nominali – 2500 so‘m. Adadi 1 000 000 nusxa.

1616. Sherdor madrasasi (Samarqand). Nominali – 6700 so‘m. Adadi 2 000 000 nusxa.