Hurmatli aksiyadorlar!
Agar Sizning O'zbekistan Respublikasi “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va Aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”ti qonunlarida nazarda tutilgan huquqlaringiz, shu jumladan:
• Kompaniya foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;
• Kompaniya tugatilgan taqdirda tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;
• Aksiyadorlar umumiy yig’ilishlarida ovoz berish orqali jamiyatning boshqarishda ishtirok etish;
• Kompaniyaning moliya-xo'jalik faoliyatining natijalari to’g’risida to’liq va ishonchli axborotni belgilangan tartibda olish;
• Sizga etkazilgan zararning o'rni qoplanishi belgilangan tartibda talab qilish kabi huquqlaringiz qimmatli qog’ozlar bozoridagi boshqa ishtirokchilar tomonidan buzilgan taqdirda qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish Markaziga yoki uning Toshkent shahar hududiy Boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Markaziy apparatning 100047, Toshkent sh., Buxoro ko'chasi, 10-uy pochta manziliga va qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish Markazi bosh direktori virtual qabulxonasiga www.online.csm.gov.uz yoki (+998 71) 232 07 38 ishonch telefoni orqali murojaatingizni yo’llashingiz mumkin.
Markazning Toshkent shahar hududiy Boshqarmasining 100047, Toshkent sh., Buxoro ko'chasi 10-uy pochta manziliga yoki (+998 71) 233-41-72 ishonch telefoniga murojaatlaringizni yo’llashingiz mumkin.