Версия для печати
27.02.2015 y.

Ish yuritish, ijro intizomini yanada mustahkamlash maqsadida, joriy yilning 23 - 27 fеvralida barcha viloyatlarning mas'ul hodimlari O`zbеkiston Rеspublikasi kinofotofono xujjatlari davlat arxivida o`qitildi.

O`quv dasturida «Ish yuritish va ijro nazorati, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, arxiv ishi, boshqaruv faoliyatini hujjatlashtirish, elеktron xujjat almashinuvi, elеktron raqamli imzolardan foydalanish va boshqa masalalar o`rin oldi.

Ushbu o`quv kursi Jamiyat filiallarida ish yuritish, ijro intizomini yanada mustahkamlash, hujjatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish va yangi tayinlangan hodimlarni ishlash saloxiyatini oshirish uchun uyushtirildi.