Версия для печати
28.01.2015 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan 2015 yil 22 yanvardan “Toshkent hayvonot bog‘i” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 3 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida Toshkent hayvonot bog‘ida yashovchi hayvonlar tasvirlangan. Hayvonlarning nomlari lotin tilida berilgan. Pochta blokida o‘zbek tilida lotin grafikasida “TOSHKENT HAYVONOT BOG‘I” yozuvi joylashgan.

Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq.

Pochta markalarning o‘lchami 42x30 mm. Pochta blokining o‘lchami 110x80 mm. Pochta blokidagi pochta markalarning o‘lchami 30x42x mm. Adadi 10 ming nusxadan.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan:

   
1103   1104   1105

 

1103. «Phasianus colchicus» (Oddiy qirg‘ovul). Nominali – 1000 so‘m

1104. «Anthropoides virgo», «Balearica pavonina» (Turnalar). Nominali – 1200 so‘m

1105. «Hystrix indica» (Jayra). Nominali – 2100 so‘m

Pochta markalarning adadi 10 ming nusxadan.
 

1106

 

1106. «Canis lupus» (Вo‘ri) Nominali – 2500 so‘m.
Pochta blokining adadi 7 ming nusxa.

Rassom – Kim G.
Dizayner – Kaneves E.