Версия для печати
20.10.2014 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi tomonidan 2014 yil 16 oktabran “Miniatyura” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 2 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekistonda taniqli miniatyurachilarning rasmlari tasvirlangan. Markalarda miniatyura avtori va nomi berilgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 30x42 mm.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

 

                         
1092   1093
 

1092. Shorasul Shoahmedov. «Ilhom parisi». Nominali – 1500 so‘m 

1093. Muzaffar Polatov. «Teatr». Nominali – 2100 so‘m

 

Pochta markalarning adadi 10 ming nusxadan.

Dizayner – Kaneves E.