Версия для печати
29.03.2013 y.

«O‘zbekiston pochtasi» OAJ aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi 2013 yil 30 aprel kuni soat 11:00da Toshkent shahri, Oloy ko‘chasi 1-uy, «O‘zbekiston pochtasi» OAJ majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

KUN TARTIBI:

1. «O‘zbekiston pochtasi» OAJ aksiyadorlarining Umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. Kuzatuv kengashi raisining xisoboti to‘g‘risida.

3. «O‘zbekiston pochtasi» OAJning 2012 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risida Jamiyat Bosh direktorining hisoboti.

4. Taftish guruhi dalolatnomasi to‘g‘risida.

5. Auditorlik tekshiruvi xulosasi to‘g‘risida. 

6. «O‘zbekiston pochtasi» OAJ moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining 2012 yil ish yakunlari balansini tasdiqlash to‘g‘risida.

7. 2011 va 2012 yillar yakunlari bo‘yicha sof foydani taqsimlash va dividend to‘lovi to‘g ‘risida.

8. «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risida.

9. «O‘zbekiston pochtasi» OAJ taftish guruxi a’zolarini saylash to‘g‘risida.

10. «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Bosh direktori bilan shartnoma tuzish (qayta tuzish) to‘g‘risida.

11. «O‘zbekiston pochtasi» OAJning 2013 yil biznes-rejasini tasdiqlash to‘g‘risida.

12. 2013 yilga auditorni tasdiqlash va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash to‘g‘risida.

Jamiyat aksiyadorlar reestri, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish ro‘yxati 2013 yil 31 mart holatiga hamda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 25 aprel holatiga yopiladi. 

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilish materiallari bilan Toshkent shahri, Oloy ko‘chasi, 1-uyda joylashgan «O‘zbekiston pochtasi» OAJ binosida tanishishlari mumkin. 

Aksiyadorlarni ro‘yhatdan o‘tkazish soat 10:00 dan 11:00 gacha amalga oshiriladi. Aksiyadorlar o‘zlari bilan pasport, ishonchli vakillar pasport va notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Ma’lumot uchun telefonlar: 233-57-47; 232-00-33


«O‘zbekiston pochtasi» OAJ Kuzatuv kengashi