Версия для печати
12.06.2013 y.

“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan 2013 yil 5 iyundan nominali 400-00 so‘m bo‘lgan standart pochta markasi muomalaga chiqarildi.

Standart pochta markasida ilm-fan va madaniyatimizga bebаho hissa qo‘shgan davlat arbobi, olim “Al-Xorazmiy” haykali tasvirlangan. Pochta markasi bir rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markasining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Markaning o‘lchami 26x18,5mm. Rangi – yashil. Yusupaliyev U. – rasmi. Adadi 2 mln. nusxa.
  
 
№ 1067 
 
1067. “Al-Xorazmiy” haykali Nominali – 400 so‘m.