Версия для печати
21.06.2013 y.

Standart pochta markalarida ilm-fan va madaniyatimizga bebаho hissa qo‘shgan davlat arboblari, shoir va olimlarning haykallari tasvirlangan.

“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan 2013 yil 17 iyundan nominallari 110-00 so‘m va 1500-00 so‘m standart pochta markalari muomalaga chiqarildi.
 
 
     

№1068

 

№1069

Pochta markalari bir rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markalarining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Markalarning o‘lchami 18,5x26mm, 26x18,5mm. Yusupaliyev U. – rasmi. Rangi – yashil.
 
 
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.
 
 
1068. “A. Temur” haykali Nominali – 110 so‘m. Adadi 500 000 nusxa. 
1069. “Al-Xorazmiy” haykali Nominali – 1500 so‘m. Adadi 1 000 000 nusxa.