Версия для печати
26.06.2013 y.

«O‘zbеkiston pochtasi» OAJ tizimidagi Andijon filialining Oltinko‘l pochta aloqasi tarmog‘ida filialning barcha tarmoq boshliqlari, boshliq o‘rinbosarlari, pochta xavfsizligi tеxniklari, aloqa bo‘limi boshliqlari va pochtalonlar ishtirokida bir qator ya'ni, pochta korxonalarida pochta xavfsizlik talablariga rioya qilinishi, pochta jo‘natmalari va pul mablag‘larining saqlanishini ta'minlash, kadrlar bilan ishlash, AKTdan foydalanishning samaradorligi, yangi xizmat turlarini joriy etish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish madaniyati, mas'ul xodimlarni o‘z xizmat vazifalariga javobgarligini oshirish masalalariga oid savollar muhokamasi bo‘yicha kеngaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.