Версия для печати
06.02.2014 y.

Pochta markalari Sochi shahrida bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiada o‘yinlariga bag‘ishlangan. Pochta markalarida figurali uchish fragmenti tasvirlangan.

“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan 2014 yil 31 yanvarda “O‘zbekiston markalarida sport” turkumining maxsus pochta markasi muomalaga kiritildi.
 
Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 30x42 mm. Adadi 10 ming nusxa.
 
Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.
 
№1080
1080. “Yoshlarning Osiyo o‘yinlari. Nanking” (qilichbozlik)     Nominali - 1200 so‘m
     
Dizayner - Kaneves E.