Версия для печати
16.04.2014 y.

Standart pochta markasida ilm-fanga bebаho hissa qo‘shgan davlat arboblari, olim Al-Xorazmiy haykali tasvirlangan. “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan 2014 yil 10 apreldan standart pochta markasi muomalaga chiqarildi.

 

Pochta markasi bir rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markasining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Markaning o‘lchami 26x18,5mm. Yusupaliyev U. – rasmi. Rangi – yashil. Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

1084. “Al-Xorazmiy” haykali Nominali – 1000 so‘m. 
           Adadi 500 000 nusxa.