Версия для печати
19.01.2018 y.

Sharqda o'zbek oshxonasi o'ziga xos xususiyatlaridan yorqinligi, shirinligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. O'zbek oshxonasini dunyoda barchalar sevib ist’emol qilishi bejiz emas.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2018 yil 16 yanvardan “O‘zbek oshxonasi” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 2 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida O‘zbek milliy taomlardan: palov va somsa tasvirlangan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37x37 m. Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan. 

     
№1216   №1217

 

1216. «Palov». Nominali – 1800 so‘m

1217. «Somsa». Nominali – 1900 so‘m

Dizayner – Kanevets Ye.