Версия для печати
12.12.2017 y.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” F-4969-son farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2017 yil 4 dekabrdan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – 25 yil” nomli pochta markasi muomalaga kiritildi.

Pochta markasi pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobining ochiq holati tasvirlangan bo‘lib, blokning yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-25 yil” va “1992 – 2017” yillar yozuvi joylashtirilgan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq.

Pochta blokining o‘lchami 90x80mm, markaning o‘lchami 30x42mm. Adadi 5 ming nusxa. Dizayner – Yusupaliyev U.

Pochta markasiga 1215 identifikatsiya raqami berilgan va 4000 so‘mga barobar nominali belgilangan.