Версия для печати
19.10.2017 y.

2018 yil uchun respublikamizning davriy matbuot nashrlariga “O‘zbekiston pochtasi” AJning barcha hududiy filiallari, tuman, shahar pochta aloqa tarmoqlari hamda aloqa bo‘limlari orqali obuna bo‘lish mumkin. Obuna narxlari “O‘zbekiston pochtasi” AJning www.pochta.uz veb saytiga joylashtirilgan.

Respublikamizdagi davriy nashrlarga obuna bo‘lish, davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonun va normativ hujjatlardan, respublikamizda xalqimiz farovonligi uchun amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklardan, yurtimizda va xorijda sodir bo‘layotgan muhim siyosiy va ijtimoiy voqealardan, dunyo yangiliklaridan yil davomida xabardor bo‘lishga imkoniyat beradi.

Obuna bo‘lishga shoshiling!

“O‘zbekiston pochtasi” AJ 
“Matbuot tarqatish” filiali