Версия для печати
16.10.2017 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ ilgari Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ukraina, Belarus, Moldova, Ozarbayjon va Armaniston davlatlariga xalqaro pul o‘tkazmalari almashinuvi qayta yo‘lga qo‘yilganini ma‘lum qilgandi.

Xizmatdan foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida “O‘zbekiston pochtasi” AJ rasmiy veb-saytida xalqaro pul o‘tkazmalarini qabul qiluvchi pochta aloqasi ob’yektlari ro‘yxati joylashtirildi.