Версия для печати
28.09.2017 y.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida» 2017 yil 2 sentyabrdagi farmoniga asosan «O’zbekiston pochtasi» AJ tomonidan Rossiya Federatsiyasi, Qozog’iston, Qirg’iziston, Ukraina, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Armaniston davlatlariga xalqaro pul o’tkazmalari almashinuvi qayta yo’lga qo’yildi.

Xalqaro pul o’tkazmalari yuqorida keltirilgan davlatlar pochta muassasalari bilan tuzilgan ikki tomonlama Kelishuvlar doirasida yuridik va jismoniy shaxslardan milliy valyutada qabul qilinadi. Milliy valyutadagi pul mablag’lari pul o’tkazmasini jo’natish kunida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo’yicha «O’zbekiston pochtasi» AJ tomonidan erkin ayirboshlanadigan valyutada hamkor davlatga yuboriladi.

Shuningdek, MDH davlatlaridan kirib keluvchi xalqaro pul o’tkazmalari ham mijozlarga pul o’tkazmasi kelib tushgan kunda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo’yicha milliy valyutada to’lab beriladi.