Версия для печати
12.06.2017 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2017 yil 9 iyundan “O‘zbekiston ne’matlari” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 2 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekistonning yaxshi va qulay tabiiy-iqlim sharoitida o‘sadigan mevalar tasvirlangan. Mevalarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 40x40 mm (aylana bilan).

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

 

             
№ 1197   № 1198

 

1197. «Ficus carica» (Анжир) Nominali – 1300 so‘m

1198. «Prunus persica» (Шафтоли) Nominali – 1600 so‘m

Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan.

Rassom – Kim A.

Dizayner – Kaneves Ye.