Версия для печати
12.05.2017 y.

«O‘zbekistonning madaniy merosi. Teatr» turkumiga bag‘ishlangan pochta markalari zanjir ko‘rinishida chop etilgan. Turkum 3 ta pochta markasidan iborat.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2017 yil 12 maydan «O‘zbekistonning madaniy merosi. Teatr» turkumining A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Akademik katta teatriga bag‘ishlangan maxsus pochta markalari muomalaga kiritildi.

Pochta markalarida «Sadoqat» spektaklidan va «To‘maris» baletidan parchalar ko‘rsatilgan hamda A. Navoiy teatrining fasad ko‘rinishidagi binosi tasvirlangan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchamlari 52x37 mm. Adadi 8 ming nusxa.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

 

№ 1189 № 1190 № 1191

1189. «Sadoqat» spektaklidan parcha Nominali - 1000 so‘m.

1190. A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Akademik katta teatri Nominali - 1900 so‘m.

1191. «To‘maris» baletidan parcha Nominali - 2200 so‘m. Dizayner – Karsevich Ye.