Версия для печати
03.06.2016 y.

Hurmatli mijozlar! “O’zbekiston pochtasi” AJ “Xalqaro Tezkor Pochta” filiali EMS UZBEKISTAN Sizga o’zining www.emspost.uz veb-saytini ishga tushirganini ma’lum qiladi.

Saytimizda Siz xizmatlar va ularga o‘rnatilgan tariflar, yetkazib berish muddatlari, bojxona masalalari va boshqa o’zingizni qiziqtirgan ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Shuningdek Siz veb-saytimizdagi quyidagi xizmatlardan foydalanishingiz mumkin:

1. Veb-sayt orqali kuryerni ofisga yoki uyga chaqirtirish uchun ariza qoldirish. Bizning mutaxassislar Siz bilan bog’lanib, kuryerni ko’rsatilgan manzilga yuborishadi.

2. Veb-sayt orqali xalqaro jo’natmalarni kuzatish.

3. EMS xizmatini baholash.

Biz bilan birga ekanligingizdan minnatdormiz!