Версия для печати
30.05.2016 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 23 maydan nominali 700-00 so‘m standart pochta markasi muomalaga chiqarildi.

Standart pochta markasida Qoraqalpoq buyuk shoir-mutafakkiri Berdaq haykali tasvirlangan.

№ 1161

Pochta markasi bir rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markasining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Markaning o‘lchami 18,5x26mm. Yusupaliyev U. – rasmi. Rangi – yashil.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

1161. “Berdaq” haykali Nominali – 700 so‘m. Adadi 1 000 000 nusxa.