Версия для печати
30.05.2016 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 23 maydan “O‘zbekiston florasi” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 2 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘sadigan dekorativ va yovvoyi o‘simliklar tasvirlangan.

Pochta blokida 1 ta pochta markasi joylashgan. Pochta blokining pastki qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘ZBEKISTON FLORASI” yozuvi joylashgan. Gullarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37x37 mm. Pochta blokining o‘lchami 90x70 mm. Pochta blokidagi pochta markalarning o‘lchami 37x37 mm.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

                    
№ 1153   № 1154

 

1153. «Capparis spinosa» (Каvar-tikanli buta). Nominali – 1300 so‘m.
1154. «Datura metel» (Бангидевона) Nominali – 1500 so‘m.

Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan.

№ 1155

 

1155. «Paeonia tenuifolia»(Sallagul).  Nominali – 2500 so‘m.

Pochta blokining adadi 5 ming nusxa.

 

Dizayner – Kartsevich Ye.