Версия для печати
18.05.2016 y.

2016 yil 11-13 may kunlari poytaxtimizdagi “O‘zexpomarkaz”da innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar IX Respublika yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Prezidentimizning 2008 yil 15 iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida an’anaviy tarzda tashkil etilgan yarmarka ilm-fan yutuqlarini amaliyotga qo‘llashda muhim o‘rin tutmoqda.

Joriy yilgi yarmarkada ham O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi boshqa kompaniyalar, jamiyatlar, markazlar bilan bir qatorda “O‘zbekiston pochtasi” AJ faol ishtirok etdi.

Yarmarkada asosiy va an’anaviy bo‘lgan “Innovatsion texnologiyalari” yo‘nalishi doirasida Jamiyatimiz mutaxassislari “To‘lovlarni qabul qilish avtomatlashtirilgan tizimi” hamda “O‘zbekiston pochtasi” AJ sayti orqali pochta va pul jo‘natmalarini hisob-kitob qilish tarifikatori” Dasturiy modulini taqdim etdilar. Jamiyatimiz stendlari qiziquvchilar bilan gavjum bo‘ldi. Ular ushbu tizimlarni joriy etish bilan bog‘lik soha rivojini takomillashtirish va iqtisodiy samaradorlik borasidagi savollariga xodimlarimiz javoblaridan qoniqish topdilar.