Версия для печати
10.05.2016 y.

Jo‘ra Yodgorov Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan Jo‘ra boboning xonadoni hamkasblari, shogirdlari, farzandlari, nabiralari bilan yanada fayzli bo‘ladi.

Bu yil ham shunday bo‘ldi. “O‘zbekiston pochtasi” AJ Qashqadaryo filiali rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi mas’ul xodimlari Jo‘ra boboning xonadonlarida bo‘lishdi.

Jo‘ra bobo uzoq yillar pochta aloqa sohasida mehnat qilganlardan. Chiroqchi aloqa tarmog‘ida mehnat qilayotgan yosh mataxassislar Jo‘ra boboning boy hayot yo‘li bilan yaqindan tanishdilar.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Jo‘ra bobo ularga suronli yillar to‘g‘risida gapirar ekan, hozirgi kunlarning qadri haqida shukronalik bilan so‘zladi.

Shu kuni filial tomonidan Jo‘ra boboga 500 000 so‘m miqdorida pul mukofoti tantanali pavishda topshirildi. Jo‘ra bobo ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun hukumatimizga minnatdorchilik izhorlarini ko‘z yoshlari qalqib, shukronalik hissi bilan mamnuniyat ila izhor etdi.

(“Xabar” gazetasidan)