Версия для печати
22.01.2016 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 15 yanvaridan “Xalqaro elektraloqa ittifoqining 150 yilligi” nomli pochta markasi muomalaga kiritildi.

Pochta markasi Butunjahon pochta ittifoqining tavsiyasiga ko‘ra Xalqaro elektraloqa ittifoqining 150 yillik yubileyini nishonlashga bag‘ishlangan.

Pochta markasi pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan. Pochta blokida elektraloqa sohasiga oid zamonaviy texnologiyalar tasviri tushirilgan. Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 42x30 mm. Pochta blokining o‘lchami 90x70 mm. Adadi 7 ming nusxa.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

№ 1149

1149. «Xalqaro elektraloqa ittifoqining 150 yilligi» Nominali - 2500 so‘m.

Dizayner - Yusupaliyev U.