Версия для печати
11.01.2016 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 5 yanvaridan “Orol dengizi ofati” nomli pochta markasi muomalaga kiritildi.

“Orol dengizi ofati” nomli pochta markasi Butunjaxon pochta ittifoqining tavsiyasiga binoan “Orol dengizi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan.

Pochta markasida Orol dengizi ekologik ofati tasvirlangan. Pochta blokida “Orol dengizi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish” so‘zlari lotin grafikasida yozilgan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 52x37 mm. Pochta blokining o‘lchami 100x80 mm. Adadi 7 ming nusxa.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

 

 № 1143

1143. “Orol dengizi ofati” Nominali - 2200 so‘m.

Dizayner - Kaneves Ye.