Версия для печати
22.12.2015 y.

“Regoinlar. Jizzax viloyati” pochta markalari turkumi zanjir ko‘rinishida chop etilgan. Turkum 2 ta pochta markasi va oraliqda joylashgan kupondan iborat.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2015 yil 14 dekabridan “Regoinlar. Jizzax viloyati” nomli pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi.

Pochta markalarida Jizzax viloyatining zamonaviy inshooti va ko‘li tasvirlangan. Kuponda viloyatning geografik xaritasi hamda tashkil topgan yili, maydoni, aholi soni va viloyat markazi ko‘rsatilgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchami 42x30 mm. Adadi 10 ming nusxa.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

 

 № 1141                                                                             № 1142

 

1141. Zomin sihatgohi (Zomin tumani) Nominali - 1500 so‘m.

1142. Aydar ko‘li (Arnasoy tumani) Nominali - 1500 so‘m.

 

Dizayner - Yusupaliyev U.